Isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari
Isteʼmolchilar oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda isteʼmolchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin.
Isteʼmolchilarning birlashmalari oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir.
Isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari quyidagi huquqlarga ega:
vakolatli davlat organlariga isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
isteʼmolchilarga axborotga oid va maslahat xizmatlari koʻrsatish;
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini oʻtkazish, ularning natijalariga koʻra tayyorlangan takliflar va tavsiyalarni vakolatli davlat organlariga taqdim etish hamda eʼlon qilish;
aholining isteʼmolchilikka oid savodxonligini oshirish boʻyicha maʼrifiy ishlarni amalga oshirish;
isteʼmolchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish hamda ularga koʻmaklashish.
Isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish