Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
IsteʼmolchiCONSUMER_RIGHTS · 29-modda

Isteʼmolchilarning huquqlarini sud orqali himoya qilish

Isteʼmolchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Daʼvolar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, javobgar, isteʼmolchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.

Isteʼmolchilar oʻz huquqlarining buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari isteʼmolchining (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab qoʻzgʻatiladigan daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.