Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan shikoyat qilish
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.
Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.
Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan sudga shikoyat qilinishi uning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatmalar mustasno.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish