Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishini va ularning sifatini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida:
tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishiga va ularning sifatiga doir talablar buzilishini bartaraf etish, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, chiqarish va realizatsiya qilishni toʻxtatish (ishlar bajarilishini, xizmatlar koʻrsatilishini toʻxtatish), ularni isteʼmolchilardan qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchilarga (ijrochilarga, sotuvchilarga) koʻrsatmalar yoʻllaydilar, shuningdek, bu haqda isteʼmolchilarni xabardor qiladilar;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarga daʼvo arizasi beradilar.
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati muvofiqlashtirib boradi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish