Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
IsteʼmolchiCONSUMER_RIGHTS · 17-modda

Isteʼmolchiga nuqsonli tovar sotilgan taqdirda u bilan hisob-kitob qilish

Nuqsonli tovar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilgan vaqtda tovarning narxi oʻzgargan boʻlsa, qayta hisob-kitob qilinmaydi.

Nuqsonli tovar boshqa markali (modelli, artikulli) tovarga almashtirib berilayotganda, agar almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narxi uning oʻrniga berilayotgan tovar narxidan past boʻlsa, isteʼmolchi narxlardagi farqni qoʻshimcha ravishda toʻlashi lozim, almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narxi uning oʻrniga berilayotgan tovar narxidan yuqori boʻlsa, isteʼmolchiga narxlardagi farq qaytariladi. Bunday hisob-kitob chogʻida almashtirilishi kerak boʻlgan tovar narxi oshgan taqdirda, uning talab qoʻyilgan paytdagi narxi, narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytdagi narxi qoʻllaniladi.

Shartnoma bekor qilinayotganda tovar narxi oshgan boʻlsa, isteʼmolchi bilan hisob-kitob tovarning tegishli talab qoʻyilgan paytdagi qiymatiga qarab, narxi pasaygan taqdirda esa, xarid qilingan paytdagi qiymatiga qarab amalga oshiriladi.

Tovarni kreditga sotish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganligi munosabati bilan tovar qaytarilgan taqdirda, tovar qaytarilguniga qadar shartnoma boʻyicha isteʼmolchi tomonidan toʻlangan pul summasi unga qaytarib beriladi, shuningdek kredit olish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarning hamda kredit boʻyicha hisoblangan foizlar summasining oʻrni qoplanadi.

Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, isteʼmolchi tomonidan toʻlangan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq toʻlash qanday shaklda amalga oshirilgan boʻlsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi.

Hajmi katta yoki vazni besh kilogrammdan ziyod tovarni taʼmirlash, narxini tushirish, almashtirish uchun eltish va isteʼmolchiga qaytarib keltirib berish sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) kuchi bilan va uning hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda tovarni eltish va qaytarib olib kelish isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin Bunda isteʼmolchining tovarni eltish va qaytarib olib ketish bilan bogʻliq xarajatlarini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) qoplashi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.