Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
IsteʼmolchiCONSUMER_RIGHTS · 13-modda

Isteʼmolchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari

Nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib oʻtilmagan boʻlsa, oʻz xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:

tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;

tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;

tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki isteʼmolchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;

xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

shartnomani bekor qilib, koʻrilgan zararni qoplash.

Agar nuqsonlar:

tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;

kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar boʻyicha olti oy mobaynida;

koʻchmas mulk isteʼmolchiga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ikki yil mobaynida, agar shartnomada bundan uzoqroq muddat nazarda tutilmagan boʻlsa;

mavsumiy tovarlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan muddat mobaynida aniqlangan boʻlsa, isteʼmolchi mazkur huquqlarini roʻyobga chiqarishi mumkin.

Isteʼmolchi oʻziga sotilgan toʻplamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi boʻlgan va mustaqil narxga ega boʻlgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun toʻplam, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqlidir.

Ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan talablarni isteʼmolchi sotuvchiga qoʻyadi.

Isteʼmolchining talablari u kassa yoki tovar chekini yoxud sotib olinganlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni (dalillarni), kafolat muddati belgilangan tovarlar boʻyicha esa, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatga taqdim etgan taqdirda koʻrib chiqiladi.

Isteʼmolchining texnik pasportni yoʻqotib qoʻygan taqdirda, uni qayta tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Tovarda aniqlangan nuqsonlar ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etiladi. Ishlab chiqaruvchi bilan sotuvchining oʻzaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.