Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
IsteʼmolchiCONSUMER_RIGHTS · 8-modda

Isteʼmolchining savdo va boshqa xizmat koʻrsatish turlari sohasida shartnoma tuzish hamda sotib olinayotgan tovar (ish, xizmat) sifatini tekshirish huquqi

Isteʼmolchi shartnoma tuzish yoʻli bilan tovarni (ish xizmat)ni erkin sotib olish huquqiga ega boʻlib, bu shartnomaga koʻra sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) isteʼmolchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish (ish bajarish, xizmat koʻrsatish) majburiyatini, isteʼmolchi esa, shartlashilgan pulni toʻlash majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.

Narxnoma bilan qoʻyilgan tovarlar hamda tovar (ish, xizmatlar) haqida keluvchilar eʼtiboriga havola etiladigan maʼlumot tegishli shartnomani tuzish uchun taklif deb hisoblanadi.

Tomonlar oʻrtasida shartnoma narsasi, miqdor, narx va boshqa muhim shartlar toʻgʻrisida kelishuvga erishilsa, isteʼmolchi bilan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oʻrtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Tuzilgan zahoti bajariladigan shartnoma, qoida tariqasida, ogʻzaki shaklda tuziladi, qonunchilikda belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno. Tuzilgan vaqtdan boshqa paytda (oldindan beriladigan buyurtmalar boʻyicha, joʻnatma savdoda va boshqa hollarda) bajariladigan shartnoma yozma shaklda tuziladi.

Isteʼmolchi sotib olingan tovar (ish, xizmat) sifatini, butligini, vazni va narxini tekshirish huquqiga ega, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) esa, nazorat-oʻlchov asboblarini, narxga doir hujjatlarni taqdim etishi, tovarni ishlatib koʻrsatishi, undan xavfsiz va toʻgʻri foydalanishni oʻrgatishi, zarurat boʻlsa, tovarni ekspertizaga yuborishi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.