Tovar (ish, xizmat) haqida notoʻgʻri maʼlumot berilgan taqdirda isteʼmolchining huquqlari
Agar tovar (ish, xizmat) haqida notoʻgʻri yoki yetarli darajada toʻliq boʻlmagan maʼlumot berilganligi:
zarur isteʼmol xossalariga ega boʻlmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab boʻlsa, isteʼmolchi shartnomani bekor qilishga va oʻziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;
sotib olingan tovar (ish, xizmat)dan koʻzlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab boʻlsa, isteʼmolchi tegishli maʼlumot oqilona qisqa (koʻpi bilan uch kunlik) muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Agar maʼlumot aytilgan muddatda berilmasa, isteʼmolchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;
isteʼmolchining hayotiga, sogʻligʻiga yoxud mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, u ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oldiga qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqlidir.
Isteʼmolchining tovar (ish, xizmat) haqidagi notoʻgʻri yoki yetarli darajada toʻliq boʻlmagan maʼlumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida isteʼmolchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi.
Notoʻgʻri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish